Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Falastinning G‘azo sektorida ulkan yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Falastinning G‘azo sektorida ulkan yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Kecha, 17-noyabr kuni tunda Falastinning G‘azo sektoridagi Jabaliya shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, G‘azo sektori shimolidagi aholi zich joylashgan Jabaliya qochqinlar lageridagi turar-joy binosida yong‘in chiqqan. Hodisa oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohatlangan.

Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. Voqea joyida bir qancha qutqaruv va o‘t o‘chirish brigadalari ishlamoqda. Yonayotgan binodan evakuatsiya qilingan jarohatlanganlar tibbiy yordam uchun Bayt Lahia shahriga olib ketilgan.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos buni milliy fojia deb atadi va motam kuni e’lon qilinishini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring