Habib Nurmagomedov va Pore jangini qaysi telekanal namoyish etadi?

Bugun, 7-sentyabr kuni Abu Dabida Habib Nurmagomedov va Pore o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi.
Ko‘pchilik sport muxlislari orziqib kutayotgan ushbu jang translyasiyasi Toshkent vaqti bilan 23:00dan Rossiyaning «Perviy» kanali orqali namoyish etila boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik sportchining mazkur bellashuvdagi gonorari 6 million dollarni tashkil etadi. Shu tariqa u UFC sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi jangidagidan uch barobar ko‘p pul ishlab oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter