Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV: lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIV: lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Jalilov Abduvoxid Nayimovich Buxoro viloyati Jondor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Jalilov Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Ashurov Azizjon Rajabovich Buxoro viloyati Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Ashurov Olot tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Normamatov Anvar Mamatovich Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Normamatov Qiziriq tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Ergashev Elyor Urdushevich Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar E.Ergashev Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Abdurazakov Abduvosit Abdulxayevich Toshkent shahar Sirg‘ali tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Abdurazakov IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring