IIVda rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

General-mayor Mirzarahimov Bahodir Yuldashevich Ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, yana bir qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Polkovnik Adilov Bahrombek Qahramonovich Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Polkovnik Botirov Hasan Arzudinovich Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar H.Botirov Ichki ishlar vazirligi Ichki vazifalar qo‘shinlari Korpusi qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Xudoynazarov Shokirjon Abdumalikovich Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Xudoynazarov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari-shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter