Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronlik deputat koronavirusdan vafot etdi

Eronlik deputat koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Global Look Press»

Eron parlamenti deputati Muhammad Ali Ramazoniy Dastak vafot etdi. OAV tomonidan tarqatilayotgan xabarlarga ko‘ra, uning vafotiga koronavirus sabab bo‘lgan.

Ali Ramazoniy vafot etishidan bir hafta muqaddam Ashraf Ostoniyning ishonchli vakili sifatida saylangan edi. Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, Eron parlamentining umumiy hisobda 5 deputati koronavirusga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, Eronda hukumat vakillari orasida koronavirus epidemiyasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Xarirchidan boshlangan edi. U kasal holatida, yuqori haroratga qaramay, hech qanday himoya vositalarisiz matbuot anjumanida qatnashgan. Shundan so‘ng unda koronavirus borligi aniqlangan edi.

Shundan so‘ng Eron vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekarda ham koronavirusga chalingani xabar qilindi. U uy karantinida qolmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring