Italiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifi keskin oshdi
2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 23 352 nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 468 nafarga yoki 3 martaga oshgan.
2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— dam olish (turizm) – 20 557 nafar
— qarindoshlarni yo‘qlash – 1 513 nafar
— xizmat yuzasidan – 1 195 nafar
— o‘qish maqsadida – 71 nafar
— tijorat – 16 nafar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter