Jo Bayden 2024 yilgi saylovlarda ham qatnashmoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2024-yilda bo‘lib o‘tuvchi davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda kuni kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
«Mening javobim ha. Men ikkinchi muddatga saylanishni rejalashtirmoqdaman», - dedi Amerika rahbari o‘zining birinchi ommaviy matbuot anjumani paytida.
Shu bilan birga, Bayden 3,5-4,5 yil keyingi holatni oldindan reja qilishga odatlanmaganligini, hammasini vaqt ko‘rsatishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u 2024-yilda vitse-prezident Kamala Xarris bilan tandemda saylov kampaniyasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter