Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar va blogerlar sayohati Turizm qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi

Jurnalistlar va blogerlar sayohati Turizm qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi

Foto: O‘zA

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jurnalistlar, blogerlar va suratga olish guruhlarini xorijga va O‘zbekiston hududlariga yuboradi.

Bunda qo‘mitaga O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida reportajlar, videoroliklar tayyorlash, Qo‘mita delegatsiyalari va turizm kompaniyalari ishtirok etadigan ko‘rgazma, muzokara va boshqa shunday tadbirlarni yoritish uchun yuborish huquqi berildi.

Qonunchilikdagi mazkur yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring