Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus pandemiyasi tufayli «Barselona» qancha zarar ko‘rdi?

Koronavirus pandemiyasi tufayli «Barselona» qancha zarar ko‘rdi?

Foto: «rsport.ria.ru»

Koronavirus pandemiyasi tufayli futbol musobaqalari to‘xtatilishidan Ispaniyaning «Barselona» klubi 120 million yevrodan ortiq zarar ko‘rdi, deya ma’lum qildi klub vitse-prezidenti Jordi Kardoner.

Yevropadagi aksar musobaqalar koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan.

Kardonerning so‘zlariga ko‘ra, klubning zarari ayni vaqtda 120 — 140 million yevroni tashkil etmoqda. «Barselona» klub muzeyi faoliyati to‘xtatilgani hamda musobaqalarga chipta savdosi yo‘qligi bois 50 million yevro, televizion translyasiyalar uzatilmayotgani tufayli 39 million yevro, potensial tijoriy daromadlar orqasidan 20 — 25 million yevrodan ayrildi.

«Bu hozircha bizga ma’lumlari. Bu millionlar yil oxiridagi yo‘qotishlarimizni tashkil etadi», — dedi Kardoner.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring