Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qayta chalingan ayol infeksiyaga immunitet paydo bo‘ldi deb adashgan

Koronavirusga qayta chalingan ayol infeksiyaga immunitet paydo bo‘ldi deb adashgan

Foto: «The Mirror»

AQSh fuqarosi ikki oy ichida ikki marta koronavirusga chalinib, reanimatsiyaga tushib qoldi. Bu haqda «The Mirror» nashri xabar berdi.

Iyun oyida 46 yoshli Lesli Tanyan koronavirusga topshirgan test natijasi musbat chiqdi. Amerikalik ayol kasallikni deyarli alomatsiz o‘tkazgani uchun infeksiyaga immunitet paydo bo‘ldi deb adashgan.

Avgust oyida Leslining nafas olishida muammolar boshlangan. Qonida kislorod miqdori shu darajada tez pasayib ketardiki, tez-tez hushidan keta boshlagan. Shundan keyingina Tanyan turmush o‘rtog‘iga shifoxonaga bormasa bo‘lmasligini aytgan.

Bemor kasallikni boshidan o‘tkazgani hali ikki oy ham to‘lmagani uchun shifokorlar koronavirusga qayta test o‘tkazishdan bosh tortishdi. Oxir-oqibat, tashxis qo‘yilib, Tanyan reanimatsiyaga joylandi. U yerda ayol uch hafta hayot uchun kurashdi. Shundan so‘ng o‘pkasi jiddiy shikastlangani bois bir oy bemorlarni parvarish qilish muassasasida davolandi.

Muolajalardan so‘ng Tanyanning test natijalari ikki marta manfiy chiqqach, ayol uyiga qaytdi. Shifokorlar unga omadi borligini, chunki kasallikning bu bosqichida ko‘pgina bemorlar hayotdan ko‘z yumishini aytishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring