Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada 23 nafar bola qullikdan ozod etildi: ular orasida 3 oylik go‘daklar ham bor

Meksikada 23 nafar bola qullikdan ozod etildi: ular orasida 3 oylik go‘daklar ham bor

Foto: «AP Photo/Gustavo Aguado»

Meksikaning janubiy Chiapas shtati prokuraturasi odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqni fosh etdi. Turar joy binosida o‘tkazilgan tintuv paytida 3 oylikdan 15 yoshgacha bo‘lgan 23 nafar bola asirlikdan qutqarildi.

«Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha prokuratura xodimlari San-Kristobal-de-las-Kasasning Tlaskala tumanidagi uyda tintuv o‘tkazishib, 23 nafar poyaga yetmagan shaxsni ozod etishdi. Ular orasida uch nafari 3 oylik, 12 oylik, 20 oylik, qolganlari 2 yoshdan 15 yoshgacha», — deyiladi mahkama saytidagi press-relizda.

Prokuratura odam savdosi va majburiy mehnatda ayblanayotgan uch nafar ayolni hibsga oldi, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar jismoniy va ruhiy tazyiqlar ostida shahar markazida hunarmandchilik buyumlarini sotishga majbur bo‘lishgan. Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar bolalarning ahvoli yomonligi va to‘yib ovqatlanmaganligini aniqlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring