Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimi Xabar.uz’da chiqqan xabarga munosabat bildirdi

Namangan viloyati hokimi Xabar.uz’da chiqqan xabarga munosabat bildirdi

Kuni kecha Xabar.uz axborot tahliliy portalida Uychi tumanida mehnat muhojirlari bilan olib borilayotgan ishlar haqida «Har oy uyiga 200 dollardan kam jo‘natayotgan muhojirlarni ortga qaytarish targ‘ib qilinadi» xabari berilgan edi. Unga ko‘ra xorijda ishlab, uyiga yetarlicha pul jo‘nata olmayotganlarni qaytarishni IIB orqali targ‘ib qilish topshirig‘i berilgani aytilgandi.

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ushbu xabarga munosabat bildirdi.

Uychi tumani uchinchi sektor rahbari darhaqiqat shu gaplarni aytgandi. Ammo bunday topshiriq hech kimga berilmagan. Biz bitta oilaga qancha pul yetishini bilmaymiz, balki fuqaro uy qurish uchun pul yig‘ishga ketgandir yoki boshqa sabab bordir. Biz buni bila olmaymiz. Shu nuqtai-nazardan aytadigan bo‘lsak, sektor rahbari hayajonlanib gapirgan bo‘lishi mumkin. Biz bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaymiz.

Mehnat muhojirlarini telefon qilib, chaqirish emas, balki shu yerning o‘zida munosib ish o‘rinlari yaratish kerak. Agar ongli inson o‘z vatanida yaxshi ish o‘rniga ega bo‘lsa, hech qachon uyini tashlab ketmaydi.

Fuqarolarimiz xorijga ketgan taqdirda ham yetarli malakaga ega bo‘lib, yaxshi ish o‘rni uchun ketishlari lozim, — dedi Shavkat Abdurazzoqov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring