Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Institut katta o‘qituvchisi 2 000 AQSh dollari bilan ushlandi

Institut katta o‘qituvchisi 2 000 AQSh dollari bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda, o‘tkazilgan Navoiy davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi A.X., fuqaro S.ni «Musiqa ta’limi» yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish amaliy imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga yaqin qarindoshi T. orqali 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)  va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring