Navoiy viloyatiga prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Basimovich Ahmedov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
B.Ahmedov tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati prokurori Shohruh Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter