Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda avtomashina «gaz baloni» portlashi sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Navoiyda avtomashina «gaz baloni» portlashi sabab ikki kishi halok bo‘ldi

18-oktyabr kuni soat 06.20 larda fuqaro Sarvar M. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia» rusumli avtomashinani «Navoiy-Zarafshon» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borishi davomida, avtomashinaga o‘rnatilgan «gaz baloni» portlab ketgan.

Oqibatda avtomashina haydovchisi Sarvar M. (1959-y.t. nafaqada) va yo‘lovchi Rustam M. (1987-y.t.) voqea joyida vafot etishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Shuningdek, yo‘lovchi Manzura B. (1937-y.t.) og‘ir tan jarohati olib Konimex tumani shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring