OAV: Rossiya harbiy kemalari Suriyaning Tartus portini tark etdi

«Kommersant» saytining «Image Satellite International» monitoring portaliga tayanib tarqatgan xabariga qaraganda, rus harbiy kemalari Suriyaning Tartus portini tark etgan. Nashrda qayd etilishicha, bu jarayon bilan bog‘liq jarayon aks etgan lavhalarning birida portda turgan yetti kema, qo‘poruvchi harakatlarga qarshi «Граначок» qayig‘i va ikkita dizelli suvosti kemasi ko‘ringan. Keyingi bir lavhada esa portda birgina kemadan boshqa hech bir kema qolmagani aks etgan.
«Portalning ta’kidlashicha, Rossiya AQShning Suriyaga hujumiga tayyorgarlik yuzasidan o‘z kemalarini ko‘chirmoqda», — deb yozadi «Kommersant».
Eslatib o‘tamiz, Tartusda Rossiyaning Harbiy dengiz floti bazasi joylashgan. O‘rta dengizda Rossiya eskadrasi doimiy tarzda harakat qiladi. Rossiya Qora dengiz flotining mart oyi boshlaridagi ma’lumotiga ko‘ra, bu eskadraning tarkibida 15 ta harbiy va ta’minot kemalari mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter