Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilmagan jinoyatlar tadqiq etiladi

Ochilmagan jinoyatlar tadqiq etiladi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (704-son, 22.11.2021 y.) bilan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.

Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak beradi.

Shuningdek, Institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma’lumotlar yig‘iladi.

Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko‘rib chiqish va xulosa berish Institut tomonidan amalga oshiriladi.

Institut direktori adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring