Olimlar semirish va COVID bilan kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda amerikalik olimlar COVID-19 virusiga moyillik va semirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib chiqdilar.
Bu tadqiqot juda ko‘p odamlar o‘rtasida o‘tkazilgan, jumladan 687 813 bemor, ulardan 72 613 nafari SARS-CoV-2 infeksiyasi bilan kasallangan. Tadqiqotchilar 2020 -yilning martidan 2021-yilning 25 yanvariga qadar sinovdan o‘tgan bemorlardan olingan natijalarga qarab xulosa qilmoqda, koronavirusga qarshi vaksina olgan bemorlarning natijalari bundan mustasno.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, COVID-19ni boshidan o‘tkazgan bemorlarining 34 foizi semirib ketgan. Mutaxassislar ularning xulosalari yakuniy emasligi va endi ular ortiqcha vaznning koronavirus tarqalishiga qanday hissa qo‘shishi mexanizmini batafsilroq o‘rganishlari kerakligi haqida ogohlantirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter