Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi birinchi kunida sakkizta qonun ma’qullandi

2019-yil 3-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida bir qator qonunlar ma’qullandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Ushbu qonunlarga quyidagilar kiradi:
— Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida;
— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida;
— Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
— Yaylovlar to‘g‘risida;
— O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida;
— O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
— O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
— Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida.
Ma’qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter