O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiya qachon to‘liq joriy etilishi ma’lum qilindi

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Ro‘ziboyev Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan «Press klub» ko‘rsatuvida suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilishi haqida savollarga javob berib o‘tdi.
— Suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etilganiga ikki yildan oshdi. Qachon buning ta’sirini sezamiz? Masalan, Isroil cho‘lu-biyobondan iborat bo‘lgan, ammo suvdan unumli foydalanish oqibatida nafaqat o‘zining 9 million aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlaydi, balki chetga eksport ham qiladi. Bizda ham yerga munosabat Isroildagidan kam bo‘lmasligi kerak emasmi?
— Yaqinda Prezidentimiz suv tejovchi texnologiyalarni besh barobarga oshirish haqida ko‘rsatma berdi va bu topshiriqni bajarish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Masalan, Sirdaryo viloyatida 3000 gektar yerga tomchilab sug‘orish joriy etilgan. Kelasi yil bu ko‘rsatkich 18 ming gektarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Haqiqatan ham biz suv tejovchi texnologiyalar qo‘llashga majburmiz, hayotning o‘zi bizni bunga majburlamoqda. Davlat tomonidan texnologiyani joriy etish bo‘yicha subsidiyalar belgilanmoqda.
2020-2030 yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasida 1 million gektar yerda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Biz bu natijaga muddatidan avval erishishni ko‘zlayapmiz.
— Shu borada to‘liqroq ma’lumot bera olasizmi? Qachon O‘zbekiston yerlari to‘liq tomchilab sug‘orishga o‘tadi?
— 2030 yilgacha 50 foiz sug‘oriladigan maydonda suvni tejovchi texnologiya o‘rnatadigan bo‘lsak, demak yana 15 yilda barcha sug‘oriladigan yerlarimizda tomchilab sug‘orish joriy etishimiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter