Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish sezilarli ko‘paydi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish sezilarli ko‘paydi

Bugun, 2020 yil 10 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2387 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xabar qilindi.

Kecha berilgan ma’lumotlarga ko‘ra yurtimizda infeksiya aniqlanganlar soni 2349 nafarga yetgani aytilgan edi. O‘tgan vaqt davomida yana 38 kishida kasallik aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda 1846 bemor sog‘ayib ketgan bo‘lsa, 10 nafari kasallikdan vafot etgan. Shifoxonada davolanayotganlar soni yana oshdi va kecha 493 kishini tashkil etgan bo‘lsa, bugun 531 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring