Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tun davomida koronavirusga chalinganlar so‘nggi haftalar uchun rekord darajada kam aniqlandi

O‘zbekistonda tun davomida koronavirusga chalinganlar so‘nggi haftalar uchun rekord darajada kam aniqlandi

2020 yil 26 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1865 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2020 yil 25 aprel soat 23:00da yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 1862 nafardan iborat ekani xabar qilingan edi. O‘tgan tun davomida so‘nggi haftalar uchun rekord darajada kam — 3ta yangi holat aniqlangan.

O‘zbekistonda koronavirus kasalidan tuzalganlar kecha 707 nafarga yetdi. Kasallanganlardan 8 nafari vafot etgan.

Ayni vaqtda 1150 kishi davolanishda bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring