O‘zgidromet iyul oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

O‘zgidrometning Jahon prognostik markazlariga tayanib ma’lum qilishicha, iyul oyi O‘zbekiston uchun juda issiq bo‘lmaydi.
Hududning katta qismida o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3-iyul kunlari havo haroratining qiymatlari 37-40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublikaning janubida 41-43 darajaga yetadi.
Lekin iyul oyi birinchi o‘n kunligi o‘rtalariga kelib, harorat 3-5 darajaga pasayishi kutilyapti.
Keyinchalik, oyning oxirigacha havo harorati kechalari 20-25 daraja atrofida, ba’zi joylarda 27 darajagacha, kunduz kunlari 33-38 darajagacha, ayrim kunlarda 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-45 darajagacha bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, asosan tog‘oldi va tog‘li hududlarda, ayrim kunlarda mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter