Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» uzoq kutilgan xushxabarni e’lon qildi

«O‘zgidromet» uzoq kutilgan xushxabarni e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 25-29-iyulga ob-havo prognozi berildi. Unga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida issiqning uzoq kutilgan pasayishi kutilmoqda.

Haftaning birinchi yarimida hududlarning katta qismida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati 40-43 daradja atrofida, janubda 45 darajagacha bo‘ladi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 25-26-iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati 32-37 darajagacha pasayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi.

Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati 33-36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda 39-41 darajaga yetadi.

25-27-iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 28-29 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

25-28-iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring