Prezident huzuridagi agentlikda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Hasanov Otabek Abdurashidovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Hasanov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Musayev Amirtemurxon Fotixovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A. Musayev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter