Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Profilaktika inspektori yong‘in xizmati yetib kelguncha o‘tni to‘liq o‘chirdi

Profilaktika inspektori yong‘in xizmati yetib kelguncha o‘tni to‘liq o‘chirdi

Videodan kadr.

Joriy yilning 9 iyul kuni Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Aholi tomonidan holat yuzasidan zudlik bilan yong‘inni bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilingan.

Favqulodda vaziyatlar xodimlari hodisa joyiga yetib kelgunga qadar, hudud profilaktika inspektori — mayor Madiyor Hakimov yong‘inni o‘chirishga kirishgan. Va mahalla aholisini ham shunga jalb etgan.

Birgalikdagi tezkor harakat, mas’uliyatni his qilishdagi milliy hamjihatlik tez fursatda yuzaga kelishi mumkin kengroq xatar - odamlarning hayoti va mulkinining batamom yonib ketmasligi oldi olingan.

Profilaktika inspektori o‘zini ayamay, yong‘inni o‘chirish xizmati yetib kelishini kutib turmay, ko‘p qavatli uyning yuqori qismi balkonidan turib, chelaklab suv sepish orqali o‘tni o‘chirgan.

«Ayni o‘sha paytda yong‘in sodir bo‘lgan xonadonning eshigi qulf, egasining ham yo‘qligi bunday vaqtda ancha ko‘ngilsiz voqealarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Albatta, gap bu yerda faqat profilaktika inspektorining qonun va tartibni saqlash, balki xalq osoyishtaligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotganini ko‘rsatish emas, balki uning juda qisqa fursatlarda aholini ham hamjihatlikka undab, xavfsizlik posboni ekanini amalda isbotlay olganida»,-deydi yong‘in sodir bo‘lgan Bahouddin Naqshband mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring