Qattiq sovuq tufayli Yevropa Rossiyadan ko‘proq gaz olmoqda

Ob-havoning keskin sovushi tufayli Yevropa Rossiyadan rekord miqdorda gaz sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqida «Bloomberg» agentligi ma’lumotiga asoslanib «Аргументы и факты» rasmiy sayti ma’lum qildi.
Yevropada bu yil qish juda qattiq keldi. Oxirgi besh yilda bunaqasi kuzatilmagan edi. Natijada issiqlik va elektr energiyasiga talab keskin oshib ketdi.
«Yevropaning, ayniqsa Buyuk Britaniyaning Rossiya gaziga ehtiyoji juda kuchli», — deyiladi shu mavzuda yozilgan maqolada. Unda ma’lum qilinishicha, Rossiya Yevropaga gaz eksport qiluvchi eng yirik davlatligicha qolmoqda, ikkinchi o‘rindagi Norvegiya esa texnik muammolar tufayli gaz yetkazib berishni kamaytirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter