Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan ikki bemor kasalxona bo‘sag‘asida vafot etdi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 29-iyun, dushanba kuni Milliy shifoxona urologiya bo‘limiga keltirilgan ikki nafar bemor kasalxona binosiga kirishga ham ulgurmay vafot etdi.
Shifoxonaning ushbu bo‘limiga koronavirusga chalingan bemorlar ham yotqizilmoqda.
Shifokorlarning aytishicha, bemorlar juda og‘ir ahvolda keltirilgan, ularni hatto tekshirish va shaxsini aniqlashga ham ulgurishmagan.
Vrachlar jonlantirish ishlariga ko‘chaning o‘zida urinib ko‘rishgan, biroq bemorlar hayotini saqlab qolisha olmagan. Shundan so‘ng o‘lim holatini qayd etish uchun, militsiya xodimlarini chaqirishgan.
So‘nggi olingan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 5735 taga yetdi, 62 nafar bemor vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter