Qirg‘izistonda 5 nafar o‘zbekistonlik YTH qurboni bo‘ldi

28-yanvar kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumani hududidan o‘tuvchi «O‘sh-Botken-Isfana» avtomobil yo‘lida fojiali YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Yo‘lda harakatlanib ketayotgan «Neksiya» qarama-qarshi yo‘lda kelayotgan Qirg‘izistonning «Mersedes-sprinter» rusumli furgon avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida «Neksiya» haydovchisi hamda uning 4 nafar yo‘lovchisi (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter