Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan Tojikiston orqali qaytgan bemor koronavirusdan vafot etdi

Rossiyadan Tojikiston orqali qaytgan bemor koronavirusdan vafot etdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xalqaro masofaga qatnashga mo‘ljallangan yuk avtomashina haydovchisi I. Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan. Asli sirdaryolik bo‘lgan ushbu fuqaroda ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechib, 5 may kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda Covid-19 infeksiyasi ham aniqlangan.

Shu yilning 11 may kuni esa ahvoli yomonlashgach Covid-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya og‘ir turi tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bo‘limda bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, vazirlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan. Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring