Sakkizoyoqning noyob turi ilk marta tasvirga olindi

Yaqinda olimlar ilk marta Vitreleonella richardi nomli noyob sakkizoyoqni tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Uning tanasi huddi shishaday yaltiroq bo‘lgani uchun uni «shishasimon» sakkizoyoq ham deb atashadi. U 1 km chuqurlikda hayot kechiradi. Uni shu kunga qadar atroflicha tadqiq qilishning deyarli iloji yo‘q edi.
Ma’lum qilinishicha, bu ajoyibot Feniks orollari yaqinida joylashgan Kiribati davlati hududida tasvirga olingan.
Suratga olish jarayonlarida SuBastian suv osti robotidan foydalanildi. 4500 metr chuqurlikkacha sho‘ng‘iy oladigan ushbu robot Shmidt nomidagi okeanshunoslik instituti olimlari tomonidan ixtiro qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter