Shanxay shahri bo‘ylab O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamalakatda bo‘ladi.
Shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasining ko‘plab hududlarida O‘zbekistonning turizm salohiyati keng targ‘ib etilib, sayyohlik yo‘nalishida ko‘plab kelishuvlarga erishilmoqda.
Hususan yirik megapolis Shanxayning markazi, eng gavjum manzillaridagi keng formatli LED ekranlarda O‘zbekistonning sayyohlik destinatsiyalari, qadimiy va zamonaviy me’morchilik durdonalari va betakror tabiati aks ettirilgan videoroliklar namoyish etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter