Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya qo‘shinlari Idlib janubidagi Abu Duhur harbiy aerodromiga yaqinlashmoqda

Suriya qo‘shinlari Idlib janubidagi Abu Duhur harbiy aerodromiga yaqinlashmoqda

Qo‘shinlar Abu Duhur harbiy aerodromi yo‘lidagi muhim strategik shtabni qo‘lga kiritgan.

Foto: Telegraf

Suriya armiyasi xalq lashkari bo‘linmalari yordami bilan yakshanba kuni Idlib viloyatining janubi-sharqida joylashgan Sanjar qishlog‘idagi (Damashqdan 320 km.) terrorchilarni yo‘q qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Qo‘shinlar Abu Duhur harbiy aerodromi yo‘lidagi muhim strategik shtabni qo‘lga kiritgan. Hukumat kuchlari ushbu havo bazasidan taxminan 17 km. uzoqlikda joylashgan.

Suriyaning shimoliy-g‘arbiy mintaqasida bir oydan beri Jabhat an-Nusra to‘dalari va ularning sheriklari Ahror ash-Shom ekstremistik guruhiga qarshi janglar davom etmoqda. Bu davr mobaynida hukumat qo‘shinlari Xom va Idlib viloyatlarida 600dan ortiq jangarilarni yo‘q qildi. Ular 87 qishloq va fermer xo‘jaligini ozod qilish bilan birga boy berilgan hududlarni ham qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Milliy kelishuv komissiyasi a’zosi, xalq kengashi deputati Ahmad Hasan Hilolning aytishicha, Suriya qo‘shinlari birorta ham o‘q uzmasdan bir nechta aholi punktlariga kirishgan. «Suriya armiyasi askarlarini xalq kutib oldi», — dedi «Al-Vatan» gazetasiga bergan intervyusida Ahmad Hasan.

Deputatning ta’kidlashicha, «Idlib aholisining ko‘pchiligi sulh bitimi tuzishmoqchi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Idlibdagi qurolli guruhlarning to‘rtdan uch qismi boshqa viloyatlardan chekingan yollanma askarlardan iborat. «Odamlar begonalardan charchagan va tinch hayotga qaytishni xohlaydilar», — deydi Hilol.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring