Suriyada rossiyalik jurnalistlar o‘qqa tutildi

Kecha, 11-aprel kuni Suriyada rossiyalik jurnalistlar chiqqan avtobus noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga asoslanib, «Gazeta.ru» ma’lum qildi.
«11-aprel kuni Sharqiy Guta(Suriya)dagi vaziyatni yoritish maqsadida kelib, qaytayotgan jurnalistlar avtobusi noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi»,— deyiladi xabarda.
Natijada Aleksey Ivlev, Mixail Vitkin va Vladislav Dodonov kabi jurnalistlar yengil jarohat olganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter