«Taftish.uz» sayti rahbariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Ijtimoiy tarmoqda prokuratura departamentining Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan «Taftish.uz» sayti rahbari G‘ayrat Aberayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar tarqaldi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi Baxtiyor Asadovning ma’lum qilishicha, haqiqatdan ham Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan G‘ayrat Aberayevga nisbatan beshta holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Joriy yil 6-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Peshku tuman sudi tomonidan G‘.Aberayevni qamoqqa olish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan. Ayni kunda Peshku tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
G‘.Aberayev «Taftish.uz» sayti muassisi hisoblangan «Elita Media» MChJ rahbari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter