Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva: «Senatorlar davlat idoralari rahbarlariga achchiq savollar tayyorlab qo‘yishgan» (video)

Tanzila Norboyeva: «Senatorlar davlat idoralari rahbarlariga achchiq savollar tayyorlab qo‘yishgan» (video)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi oldidan Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida OAV vakillari hamda blogerlar uchun media-tur tashkil etildi.

Senatning 2019 yil birinchi yarmidagi faoliyati bilan tanishtirgan Tanzila Norboyeva jurnalist va blogerlarni yanada faol hamkorlikka chaqirdi:

Senat va parlament yig‘ilishlarining oshkoraligini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan masalalarni batafsil ochiq xalqqa ko‘rsatish maqsadida onlayn translatsiyalar tashkillashtirish rejamizda bor. Ko‘rishsin, qonunlar qanday qabul qilinyapti, qonunlar bo‘yicha qanday savol-javoblar, muhokamalar bo‘lyapti. Mana, bugun qo‘mitalar yig‘ilishlari bo‘lib o‘tyapti. Ertangi kungi yig‘ilishda senatorlar davlat idoralari vakillariga bajarilmagan vazifalar, muammo va kamchiliklar  yuzasidan achchiq-achchiq savollar berishmoqchi va shu savollar qarorlarga kiritiladi, muddat berilib nazoratga olinadi.

Ochiq  muloqot tarzida o‘tgan  tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi «Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?» deb nomlangan tanlov e’lon qilindi. Ushbu tanlovda televideniye, radio, matbuot, internet nashrlari  xodimlari va blogerlar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring