Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmoqda

Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmoqda

Foto: «News.yandex.ru»

O‘tgan bir kecha-kunduzda Tojikistonda yangi koronavirus holati qayd etilmadi. Bu haqda yakshanba, 3-yanvar kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, pandemiya boshlanganidan buyon respublikada 13,3 mingta holat aniqlangan.

«O‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakat fuqarolari orasida COVID-19 koronavirus infeksiyasining yangi turini yuqtirgan birorta ham holat qayd etilmadi. 2021-yil 3-yanvargacha respublikada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 13,3 ming kishini tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

Uch kundirki mamlakat hududida yangi bemorlar qayd etilmayapti. Shunga o‘xshash vaziyat 2020-yil 31-dekabr hamda 2021-yil 1-yanvarda ham kuzatilgandi.

Pandemiya davrida qariyb 13 ming kishi tuzaldi. Bu umumiy kasallanganlarning 97,6 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, 230 kishi uyda davolanmoqda, ularda xastalik yengil shaklda kechmoqda.

Bundan tashqari, o‘tgan 24 soat ichida koronavirus asoratlaridan o‘lim holati qayd etilmadi. Ayanchli holat oxirgi marta 2020-yil 26-dekabrda kuzatilgandi. Jami 90 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring