Tojikistonda yana koronavirusdan o‘limlar qayd etildi

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Tojikistonda 8-may sanasida yana bir necha kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni bir kunda 461 dan 522 nafarga ko‘paydi. Bu haqda «Xovar» axborot agentligi xabar berdi.
Eng ko‘p kasallanish poytaxt Dushanbe (223) va So‘g‘d viloyatida (139) aniqlangan.
Bir sutkada COVID-19ga chalingan bemorlarning ikki nafarida o‘lim holati qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 may kuni Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 82 nafarga ko‘paygani, to‘rt nafar bemor vafot etgani xabar qilingandi.
Bugan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, ushbu kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolashda katta tajriba va malakaga ega bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter