Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning bir qator hududlarida elektr o‘chiriladi

Toshkentning bir qator hududlarida elektr o‘chiriladi

Toshkent shahrining qator hududlari 26 iyun kuni elektr energiyasidan uziladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 26 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yakkasaroy tumani: «Rakatboshi» va «Muhandislar» MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Qozirobod» va «Katta Qozirobod» MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Sergeli tumani: «Eski Jaloyir» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Mirobod tumani: «Tong yulduzi» va «Fayzobod» MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring