Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya armiyasi Suriyadagi kurdlar yashaydigan Afrin anklaviga kirib bordi

Turkiya armiyasi Suriyadagi kurdlar yashaydigan Afrin anklaviga kirib bordi

Foto: «Yevropa 1»

Zaytun novdasi» amaliyoti rejadagidek davom etmoqda, quruqlikdan hujumlar boshlandi», — deya xabar tarqatgan Turkiya armiyasi yakshanba kungi bayonotida. Bu haqda «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, turk askarlari Suriya shimolidagi Afrin mintaqasiga kirib borgan. Harbiy harakatlar ushbu mintaqadagi kurdlarga qarshi olib borilmoqda. Ularni rasmiy Anqara terrorchi deb hisoblaydi.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:05 da turk askarlari Afrin mintaqasiga kirib borgan. Bu haqda «Dog‘an» agentligiga Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma’lum qilgan. Ushbu hududni kurdlarning Xalq mudofaa birligi (XMB) nazorat qiladi. «Anadolu» agentligining xabar berishicha, ushbu janglarda turklarga Turkiya tomonidan qurollantirilgan suriyalik askarlar yordamlashmoqda.

Shanba kuni Turkiya armiyasi Afrin mintaqasidagi AQSh tomonidan quvvatlanadigan XMB pozitsiyalariga havodan hujum uyushtirgan edi.

Binali Yildirimning so‘zlariga ko‘ra «Zaytun novdasi» operatsiyasidan ko‘zlangan maqsad chegaradan boshlab 30 km hududda xavfsiz zona yaratishdir.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya hukumati XMBni Turkiyadagi Kurdiston ishchi partiyasi(KIP)ning Suriyadagi tarmog‘i deb biladi hamda uni terrorchi tashkilot deb hisoblaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring