Vazn yo‘qotishning samarali yo‘li aniqlandi
Chikagodagi Illinoys universiteti (AQSh) olimlari kaloriya miqdorini nazorat qiluvchi parhez ma’lum vaqt och qolib tutiladigan parhezdan ko‘ra vazn yo‘qotishda samaraliroq ekanligini aniqlashdi.
Tadqiqot natijalari Annals of Internal Medicine jurnalida chop etildi.
Tadqiqotda uch guruhga bo‘lingan 77 ortiqcha vaznga ega odam ishtirok etdi. Birinchi guruh kaloriyalarni hisoblaydigan parhezga rioya qildi, ikkinchisi ma’lum vaqt och qolib ovqatlandi, uchinchisi esa ovqatlanish odatlarini o‘zgartirmadi.
Bir yil o‘tgach, ishtirokchilarning ish faoliyatini taqqoslab, olimlar kaloriyalarni nazorat qilganlar eng ko‘p vazn yo‘qotishini aniqladilar - ular boshqalarga qaraganda o‘rtacha 5,4 kilogrammga ko‘proq vazn yo‘qotishdi.
Vaqti-vaqti bilan och qolib, parhez qilgan ishtirokchilar esa 4,6 kilogramm ko‘proq vazn yo‘qotishdi.
Diyetolog va tadqiqotning yetakchi muallifi Shuxao Linning so‘zlariga ko‘ra, vazn yo‘qotishning ikkala usuli ham bir xil samaradorlikka ega, ammo vaqt bilan cheklangan parhez vazn yo‘qotish diyetalari orasida eng mashhuri sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter