Xorazmda yana bir markaz ochildi

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.
O‘quv markazini tashkil etish uchun «O‘zbekiston pochtasi» AJ Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Mazkur markaz zamonaviy kompyuter texnika bilan jihozlangan bo‘lib, unda tuman yoshlarini raqamli texnologiyalar, zamonaviy kompyuter texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash asoslarini o‘rgatish bo‘yicha kurslarni tashkillashtirish ko‘zda tutilgan.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amudaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter