Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmdagi kanalda cho‘kib ketgan 19 yoshli yigitning jasadi topildi

Xorazmdagi kanalda cho‘kib ketgan 19 yoshli yigitning jasadi topildi

Foto: FVV

Bugun, 10-iyun kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonqa tumanidagi «Shovot» kanalida 19 yoshli yigit cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushdi.

Ushbu holatga uning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda, deyiladi FVV xabarida.

Xabar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan. Suvda-qutqaruv guruhi tomonidan amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida hodisa sodir bo‘lgan hududdan fuqaro A.S. ning jasadi topilgan.

Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalar tomonidan o‘z bolalarini qarovsiz qoldirmasligini hamda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring