Yaponiyada kuchli zilziladan jabrlanganlar soni ma’lum qilindi

7,3 balli zilzila sodir bo‘lgan Yaponiyaning shimoli-sharqidagi Miyagi va Fukusima hududlarida kamida 30 kishi jarohat olgan. Ko‘pchilik yiqilishdan jarohatlangan, deb xabar bermoqda Kiodo agentligi.
Kuchli zilzila Yaponiyaning shimoli-sharqida mahalliy vaqt bilan tunda, Tinch okeanining Fukusima hududida sodir bo‘ldi. O‘choq 55 kilometr chuqurlikda joylashgan edi.
Fukusima va Miyagi hududida maksimal silkinish yetti balli yapon shkalasi bo‘yicha 6+ ni tashkil etdi. Tokioda silkinish kuchi taxminan 4 ballni tashkil etgan.
Ushbu hududdagi atom elektr stansiyalarida favqulodda vaziyatlar yoki radiatsiya holati aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter