Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda pandemiya boshlangandan buyon ilk bor sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi

Yurtimizda pandemiya boshlangandan buyon ilk bor sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi

Foto: «Pravda.com.ua»

2020-yil 5-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 293 (+124) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafar Samarqand viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.K. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 54 yoshli F.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 218 nafar, Toshkent viloyatida 95 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, jami 342 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 40 774 (+342) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar darddan forig‘ bo‘lib, mamlakatimizda pandemiya boshlangandan buyon birinchi bor sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring