Buyuk Britaniya: «Rossiya va Suriya KQTT missiyasining Dumaga kirishiga ruxsat bermadi»

«Suriyaning Duma shahrida 7-aprel kuni amalga oshirilgan kimyoviy hujum tafsilotlarini o‘rganish uchun Suriyaga borgan Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti missiyasi hamon voqea sodir bo‘lgan joyga kiritilmayapti. Bu haqda 16-aprel kuni KQTTning Gaagadagi yig‘ilishida Buyuk Britaniya elchisi ma’lum qilgan», — deya xabar bermoqda Fransiyaning «Yevropa 1» radiosi.
«Tashkilot missiyasi shanba kuni Suriyaga borgan. Biroq Rossiya va Suriya Dumaga kirishga hamon ruxsat bermagan», — deya bayonot berdi elchi. Avvalroq u KQTTni Dumadagi hodisa sababchilarini javobgarlikka tortishga chaqirgan edi, aks holda bunday vahshiyona kimyoviy hujumlar nafaqat Suriyada, balki boshqa joylarda ham takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Suriyaning Sharqiy Guta viloyatida joylashgan Duma shahrida shu yilning 7-aprel kuni kimyoviy hujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. AQSh boshchiligidagi g‘arb davlatlari bu hodisada Suriya hukumati va uning eng yaqin hamkori bo‘lgan Rossiyani aybdor deb topdi. Ammo Suriya hamda Rossiya bu ayblovlarning asossiz ekanligini aytdi va KQTTni hodisa sodir bo‘lgan hududga kelib surishtiruv o‘tkazishga taklif qildi. Suriya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari tashkilotning xolis hamda professional tekshiruv olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter