Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025 yilda O‘zbekiston 131 ta mamlakatga o‘z mahsulotlarini eksport qildi

07/01, 17:12

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston eksport geografiyasi 131 ta mamlakatni qamrab oldi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport geografiyasi 95 ta davlatni qamrab olgan – vazir

06/01, 15:26

Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abduraxmonovning parlament Quyi palatasi deputatlari so‘roviga bergan javobida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston 11 oyda 2,3 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

05/01, 09:27

Shundan 52 foizi — tayyor to‘qimachilik mahsulotlari.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 mlrd dollardan oshdi

24/12, 10:36

Tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Koreya Respublikasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 73 mlrd dollarga yetdi

23/12, 15:59

2025 yil yanvar–noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 72,8 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024 yilning yanvar–noyabriga nisbatan 13 018,4 mln AQSh dollariga yoki 21,8 foizga ko‘paydi.

Qozog‘iston mol go‘shti eksportini chekladi

17/12, 10:46

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht eksportiga kvotalar va nazoratni joriy etishni «ichki bozorda go‘sht tanqisligining oldini olish va mol go‘shti narxlarini barqarorlashtirish» uchun zarur chora deb ataydi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar bozorning raqobatbardoshligiga ta’sir qilmaydi.

O‘zbekiston chinnisi Xitoyda ham sotilmoqda

17/12, 10:29

O‘n oyda 15 mamlakatga 245,9 ming AQSh dollari qiymatidagi chinni mahsulotlari eksport qilindi.

O‘zbekiston eksportida an’anaviy hamkor davlatlar ulushi kamayib boryapti – MB

03/12, 15:30

O‘zbekistonda eksport hajmining sezilarli o‘sishi transport, turizm hamda axborotkommunikatsiya xizmatlari kabi yo‘nalishlarda kuzatilmoqda. Xususan, 2018-2024 yillar davomida turizm xizmatlari eksporti 3,4 barobarga, axborot texnologiyalari eksporti 4 barobarga, transport eksporti esa 1,7 barobarga oshdi.

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilmoqda?

26/11, 10:54

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 29 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Sement eksporti 3,8 barobarga oshgan: Qirg‘iz Respublikasi asosiy xaridor

13/11, 09:10

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida 4 ta xorijiy davlatga qiymati 44,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,1 mln tonna sement eksport qilgan.

O‘zbekiston dunyoning 206 ta davlati bilan «oldi-berdi» qilyapti – statistika

22/10, 11:20

2025-yil yanvar–sentyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 59,8 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 11 mlrd 141,8 mln AQSh dollariga yoki 22,9 foiz ga ko‘paydi.

Zargarlik sanoatidagi natijalar va yangi imkoniyatlar

10/09, 12:53

O‘zbekiston iqtisodiyotida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish — davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda zargarlik sanoati madaniy-tarixiy qimmati bilan birga iqtisodiy ahamiyati jihatidan ham alohida o‘rin egallay boshladi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan 6 oyda 44,4 mlrd dollarga yetdi

21/08, 17:23

TSAda eksport hajmi 20 mlrd 108,9 mln AQSh dollariga (2024 yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 34,9 foizga o‘sdi) va import hajmi 24 mlrd 292,3 mln AQSh dollari (9,9 foiz o‘sish)ga yetdi. Hisobot davrida - 4 mlrd 183,5 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Qirg‘iziston qoramol va qo‘y eksportini vaqtincha chekladi

21/08, 15:38

Qirg‘iziston Respublikasidan qoramol, ot, qo‘y va echkilarni olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlash joriy etildi.

O‘zbekiston o‘rigi Iroqda ham sotilmoqda

18/08, 10:04

Yetti oyda 14 ta mamlakatga 23,4 ming tonna o‘rik eksport qilindi.

Prezident paxta chayqovchiligi bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

13/08, 13:58

Prezident ishtirokida ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda tolani qayta ishlash quvvati yetarli bo‘lmagan ayrim «uddaburonlar» davlatning arzon resursi hisobiga paxta «spekulyasiyasi» bilan shug‘ullanayotgani tanqid qilindi.

O‘zbek tarvuzi qaysi mamlakatlarga ko‘p sotilyapti?

07/08, 09:26

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.

Elchixona va bosh konsulxonalar eksportni ko‘paytirishda faolroq bo‘lishga chaqirildi

30/07, 15:38

Prezident xorijdagi elchixona va bosh konsulxonalarni eksportni ko‘paytirishga faolroq ko‘maklashishga chaqirdi.

Prezident xom mevani eksportga chiqarayotgan «chaqqon» savdogarlarni tanqid qildi

30/07, 14:43

Davlat rahbari xalqaro vaziyat kun sayin o‘zgarib borayotgani, yildan-yilga takrorlanayotgan ob-havo injiqliklari, «anomal issiq» va «anomal sovuq» degan tushunchalar odatiy holga aylanib ulgurganiga e’tibor qaratdi.

O‘zbekiston mavsumda 31,4 mln dollarlik shaftoli eksport qildi

23/07, 17:47

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 ming tonnaga yoki 2,2 barobarga oshgan.

Koreya tomoni O‘zbekistondan yana 6 bosh xizmat itini xarid qildi

18/07, 16:54

Joriy yilning iyun oyida imzolangan shartnomaga ko‘ra, koreyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi Milliy kinologiya markazidan yana 6 bosh xizmat itlarini xarid qildi.

O‘zbekiston besh oyda chetga 158,5 mln dollarlik loviya sotdi

04/07, 09:37

Yanvar-may oylarida xorijga 39 022 tonna loviya eksport qiindi.

5 oyda O‘zbekistonning eksporti hajmi 14,8 mlrd dollarga yetgan

24/06, 17:41

2025-yil yanvar-may oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 31,3 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 4 093,5 mln AQSh dollariga yoki 15 foizga ko‘paydi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4 oyda 24,6 mlrd dollarni tashkil qildi

23/05, 10:42

2025-yil yanvar-aprel oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 24,6 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 3 mlrd 443 mln AQSh dollariga yoki 16,3 foizga ko‘paydi.

Кўкдалада тарвуз экспорти бошланди

22/05, 11:41

Айни пайтда Қашқадарё вилояти Кўқдала тумани ҳудудидан йирик юк автомобилларида тарвуз маҳсулотлари ички бозорлар ва экспорт йўналишлари сари йўл олмоқда.

O‘zbekiston pomidorni eng ko‘p Rossiyaga sotmoqda

16/05, 15:12

2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 6,8 mln AQSh dollariga teng 5 869 tonna pomidor eksport qilindi.

«O‘zmilliybank» qovun-tarvuz yetishtirish va eksportni rivojlantirish bo‘yicha muhim tadbir o‘tkazdi

03/05, 11:58

«Mirzacho‘l-Agro Star» loyiha ofisi hamda «O‘zmilliybank» AJ boshqaruv rahbariyati Jizzax viloyati hokimligi, Markaziy bank, Savdo sanoat palatasi, ilmiy tadqiqot institutlari bilan birga Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tadbirkor va fermerlar ishtirokida O‘zbekistonda «Qovun-tarvuz yetishtirish va eksportni rivojlantirish» mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi.

Uch oyda 629,3 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi

25/04, 10:01

To‘qimachilik mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi 7,8 foizni tashkil etdi.

1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi – Prezident

18/04, 16:39

Prezident Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda qimmat bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qo‘yilgani uchun ko‘plab imkoniyatlar qo‘ldan boy berilayotganini qayd etib o‘tdi.

Ikki oyda chetga salkam 7 mln dollarlik paypoq sotildi

16/04, 10:02

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga qiymati 403,7 mln AQSh dollariga teng to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi.

AQShga eksport bilan shug‘ullanuvchilar qancha zarar ko‘rishi hisoblandi

05/04, 22:20

Donald Tramp 2-aprel kuni 180 dan ortiq mamlakat importi uchun bojlarning yangi tizimini taqdim etdi.

O‘zbekiston 2 oyda 4,6 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qildi

22/03, 13:50

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 973,3 mln AQSh dollariga yoki 9,9 foizga oshgan.

Qozog‘iston qoramol va qo‘ylarni eksport qilish taqiqini uzaytiradi

13/03, 17:23

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoramol va qo‘ylarni mamlakatdan tashqariga olib chiqishga qo‘yilgan cheklovni yana 6 oyga uzaytirmoqchi.

Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan cheklovni uzaytiradi

27/02, 15:51

Qozog‘istonda neft mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olti oy muddatga uzaytirish taklif qilinmoqda.

O‘zbekiston 154 mamlakat bilan savdo-sotiq qildi

22/02, 18:17

Tashqi savdoning 55,3 foizi besh mamlakatga to‘g‘ri keldi.

IT sohasi eksporti bu yil 1 mlrd dollarga yetkaziladi

14/02, 16:33

Joriy yil IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

O‘zbekiston mahsulotlari uchun xorijdagi potensial bozorlar ro‘yxati ishlab chiqildi

12/02, 17:59

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining go4WorldBusiness platformasi ma’lumotlariga asosan ishlab chiqqan mazkur o‘rganishlarda O‘zbekistonda nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan mahsulotlar uchun xorijdagi potensial bozorlar ro‘yxati keltiriladi.

O‘zbekistonning o‘tgan yilgi tashqi savdo aylanmasi 66 mlrd dollarga yetgan

30/01, 14:39

2024-yil yakuniga ko‘ra tashqi savdo aylanmasi 3,8 foizga o‘sib, 66 mlrd dollarni tashkil etdi, eksport 8,4 foizga, import 0,8 foizga o‘sdi. Tashqi savdo hajmining o‘sish dinamikasi o‘tgan yilga nisbatan biroz pasaydi.

Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga ham taqiq qo‘ydi

29/01, 12:46

Qozog‘iston temir yo‘l transportida benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishga taqiq joriy qildi.

Yana