Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden nihoyat Oq uyni zabt etdi — saylovchilar hay’ati so‘nggi natijalarni ma’lum qildi

Bayden nihoyat Oq uyni zabt etdi — saylovchilar hay’ati so‘nggi natijalarni ma’lum qildi

Foto: «Facebook»

AQShda saylovchilar hay’ati ovoz berish yakunlariga ko‘ra, AQShning yangi prezidenti — Jozef Bayden, vitse-prezidenti — Kamala Harris bo‘lgani haqida CNN xabar berdi.

Bayden shu paytgacha saylovchilarning g‘alaba uchun yetarli 270 ta minimum ovozidan 302 tasini oldi, Tramp esa 232 ta ovoz to‘plagan. Taxminlarga ko‘ra, yakunda Bayden — 306, Tramp — 232 ovoz to‘playdi.

Endi bu natijalarni AQSh Kongressi yanvar oyi boshlarida tasdiqlasa bas, 20 yanvar kuni Demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden AQShning 46-prezidenti sifatida inauguratsiyadan o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring