Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiladigan komissiya tarkibini e’lon qildi

BMT Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiladigan komissiya tarkibini e’lon qildi

BMT Inson huquqlari kengashi raisi Federiko Vilegas Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiladigan komissiya tarkibini e’lon qildi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti saytida xabar berildi.

Komissiya tarkibiga Norvegiyadan Erik Myose, Bosniya va Gersegovinadan Yasminka Dzumhur va Kolumbiyadan Pablo de Greyff uchta mustaqil a’zo sifatida kiradi.

Komissiya a’zolari 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining 51-sessiyasiga o‘z faoliyati to‘g‘risida og‘zaki hisobot taqdim etishi kerak. To‘liq yozma hisobot 2023 yil mart oyida taqdim etilishi lozim. Bundan tashqari, komissiya a’zolari BMT Bosh Assambleyasining sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 77-sessiyasida ma’ruza qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring