Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tomoni Ukraina TIVga rasmiy nota yubordi

O‘zbekiston tomoni Ukraina TIVga rasmiy nota yubordi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, rasmiy nota ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ushbu mamlakat hududida jang qilgan go‘yoki ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aks etgan video xususida jo‘natilgan.

«Shu munosabat bilan batafsil va ishonchli ma’lumot olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi.

Shuningdek, ushbu video bo‘yicha tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni va keyinroq e’lon qilinadigan barcha holatlarning yakuniy oydinliklarini kutishingizni so‘raymiz», – deyiladi rasmiy notada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring